Mircha Luchesku "Beshiktosh" bosh murabbiyi bo'lishga tayyor

Sherzod Nurmatov
15 apr 2024
Ruminiyalik mutaxassis turk grandi bilan kelishuvga erishdi.

Ruminiyalik murabbiy Mircha Luchesku Turkiyaning "Beshiktosh" jamoasi bosh murabbiyi bo'lishga tayyor, deb xabar berdi "iAM SPORT".

Xabar qilinishicha, 78 yoshli Luchesku "qora burgutlar" rahbariyati bilan kelishib olgan. Bu lavozimda u yaqinda ishdan bo'shatilgan portugaliyalik mutaxassis Fernandu Santushning o'rnini egallaydi va "Beshiktosh"ning joriy mavsumdagi beshinchi murabbiyiga aylanadi.

Eslatib o'tamiz, Mircha Luchesku 2002 yildan 2004 yilgacha "Beshiktosh" safida ishlagan va 2002/03 yilgi mavsumda "qora burgutlar"ni Turkiya chempionatida g'alaba sari etaklagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: iAM SPORT