MYUning sakkiz o'yinchisi Manchester derbisini o'tkazib yuboradi

Alisher
2 mar 2024
"Manchester Yunayted"ning sakkiz nafar o'yinchisi "Manchester Siti"ga qarshi APL 27-tur o'yinini o'tkazib yuboradi.

Bo'lajak bahsni MYUdan Antoni Marsyal, Rasmus Xoylunn, Tayler Malasiya, Lyuk Shou, Lisandro Martines, Xarri Maguayr, Aaron Van-Bissaka va Meyson Maunt o'tkazib yuboradi.

Bundan tashqari, Rafael Varan va Brunu Fernandesh safga qaytishga yaqin. Ular derbida ishtirok etishlari mumkin.

Eslatib o'tamiz, "Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" o'rtasidagi o'yin 3 mart kuni bo'lib o'tadi.


AlisherMuallif
Manba: Manchester Evening News