"Neftchi" - "Qizilqum" uchrashuviga chiptalar 2 soatda sotib bo'lindi

Narzulla Saydullayev
18 noya 2025
Xabaringiz bor, "Neftchi" jamoasi 22 noyabr kuni soat 16:15 da O'zbekiston Superligasi 29-tur uchrashuvi doirasida Farg'ona shahridagi "Istiqlol" markaziy stadionida Navoiyning "Qizilqum" klubini qabul qiladi.

Bugun ertalab soat 09:00 dan boshlab “Istiqlol” va Marg'ilon shahridagi maxsus kassalarda ushbu qiziqarli va shiddatli bellashuv uchun chiptalar sotuvga chiqarilgan edi.

Soat 11:10 da sotuvdagi barcha chiptalar to'liq sotib bo'lindi!", - deb yozdi "Neftchi" matbuot xizmati. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia