

"Biz o'yinga bir maqsad bilan kelgandik. Yani ikkita gol farqi bilan g'alaba qozonmoqchi edik. Fursatdan foydalanib "Bunyodkor"ni g'alaba bilan tabriklayman. Shuningdek, do'stim Ro'ziqulni ham finalga chiqqani bilan tabriklayman.
O'yin avvalida tezkor gol kiritmoqchi edik. O'tkazib yuborilgan goldan so'ng barchasi o'zgarib ketdi.
Birinchi bo'limda kamida bitta gol kiritib olishimiz lozim edi. Shuningdek, "Lokomotiv"ga qarshi o'yindan so'ng ham charchoq alomatlari qolgandi. Lekin, bu futbol.
O'yinga ruxan tayyor edik. Maxaradzening chiqib kyetishi barchasini o'zgartirib yubordi. Babayan bizga do'stona maslahatlarini berib turadi", deydi "Paxtakor" ustozi No'mon Hasanov.
Aziz To'xtamurodov



