OCHL-2019. "Lokomotiv" ishtirokidagi o'yinga muxlislar kiritilmaydi

Narzulla Saydullayev
16 yanv 2019
Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichida "Lokomotiv" Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubiga qarshi o'ynaydi.

"Al Ittihod" OCHL doirasida uydagi ikki uchrashuvni muxlislarsiz o'tkazadi. Shu jumladan "Lokomotiv"ga qarshi o'yinni ham", - deb yozadi klub marketing bo'limi vakili Mamur Mamadaliev tvittyerdagi o'z sahifasida.

"Al Ittihod" "Lokomotiv"ni 3-turda o'z maydonida qabul qiladi. Mazkur bahs 9 aprel kuni Jidda shahrida bo'lib o'tadi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia