OCHL. 80 000 muxlis ko'z o'ngida 89-daqiqada kiritilgan gol "Persepolis"ni 1/4 finalga olib chiqdi

Osiyo Chempionlar ligasida chorak finalning ilk ishtirokchisi ma'lum bo'ldi.

Eronning "Persepolis" klubi 1/8 finalning javob bahsida BAAning "Al Jazira" jamoasini qabul qildi. Tehron shahridagi "Ozodi" stadionida 80 000 muxlis ko'z o'ngida o'tgan uchrashuv taqdirini 89-daqiqada kiritilgan gol hal qildi. 

Sayid Jalol Xusseynining bu goli "Persepolis"ni ilk chorak final ishtirokchisiga aylandi. O'yinda eronliklar 2:1 hisobida zafar quchishdi. Bir hafta avval o'tkazilgan ilk o'yinda "Al Jazira" 3:2 hisobida g'alaba qozongandi. Umumiy hisob 4:4 ko'rinishga keldi, lekin aynan safarda urilgan ikki gol evaziga Tehron klubi kurashni davom ettiradi.


Manba: