Osiyo futboli. Akram Afif shartnomasini uzaytirdi

Xayrulla Xoliqov
11 iyul 2020
Qatarlik futbolchi "Al Sadd" bilan yangi shartnomaga imzo chekdi.

Qatar chempioni "Al Sadd" asosiy futbolchilardan biri Akram Afif bilan yangi kelishuvga erishdi. Afif klub bilan shartnomasini 2025 yilga qadar uzaytirdi. Shunday qilib o'tgan yil Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan Akram Afif faoliyatini yana "Al Sadd"da davom ettiradi.

Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Xavi shunday dedi: "Akram Afif juda kuchli futbolchi. U bejizga Osiyoning eng yaxshi o'yinchisi bo'lgani yo'q. 25 yoshli yarim himoyachi bilan kelishuvga erishganimizdan xursandmiz. Uning hali jamoaga ko'p foydasi tegadi". 

O'z navbatida futbolchi ham mamnunligini yashirmadi: "Al Sadd" men uchun nafaqat klub, balki bir oila. Men yangi shartnoma tuzganimdan xursandman. Bu jamoa safida ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritish uchun bor kuchimni beraman. Barchaga katta rahmat".


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: the-afc.com