O'zbekiston terma jamoasining Dubaydagi uchinchi raqibi ham ma'lum

Narzulla Saydullayev
5 fev 2021
O'zbekiston milliy terma jamoasi uchun JCH-2022 va Osiyo kubogi-2023 qo'shma saralash bosqichi bellashuvlariga tayyorgarlik rejasidan o'rin olgan navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'ini tashkil etiladi.

Milliy terma jamoamiz 8-18 fevral kunlari Dubay shahrida mashg'ulot olib boradi va yig'in davomida uchta o'rtoqlik o'yini o'tkazadi.

Hozirga qadar "Zenit" va Iordaniya terma jamoasi bilan o'yinlar ma'lum edi. So'nggi raqib esa Belarus chempioni Soligorksning "Shaxtyor" klubi bo'ladi. Bu haqda championat.asia sayti Belarus klubiga tayanib xabar berdi. Eslatib o'tamiz, "Shaxtyor" safida o'zbekistonlik hujumchi Shahzod Ubaydullaev to'p tepmoqda.

Kuni kecha Vadim Abramov O'zbekiston terma jamoasining Dubayga uchib ketadigan futbolchilar ro'yxatini e'lon qilgandi. TO'LIQ RO'YXAT

Dubaydagi o'yinlar ro'yxati:
12 fevral "Zenit" - O'zbekiston MTJ
15 fevral Iordaniya MTJ - O'zbekiston MTJ
17 fevral "Shaxtyor" Soligorsk - O'zbekiston MTJ





Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia