O'zbekiston U-17 termasining Marokash bilan o'ynashi tasdiqlandi

Mirjalol Normatov
4 sen 2023
O'FA matbuot xizmati O'zbekiston U-17 terma jamoasining Turkiyada yig'in o'tkazishini va u yerda marokashlik tengdoshlariga qarshi bahs olib borishini tasdiqladi.

Indoneziyada o'tkaziladigan o'smirlar o'rtasidagi Jahon chempionati boshlanishiga sanoqli oylar qoldi. O'zbekiston U-17 terma jamoasi mundialga tayyorgarlik rejasiga ko'ra, 4-14 sentyabr kunlari Turkiyada yig'in o'tkazgan holda marokashlik futbolchilarga qarshi to'p suradi. 

O'FA rahbariyati mazkur yig'in oldidan O'zbekiston U-17 terma jamoasi a'zolari bilan uchrashdi. Uchrashuv avvalida oldimizda turgan yirik musobaqa - Jahon chempionatining mas'uliyati haqida fikr bildirildi. Har bir futbolchi professionallik, vatanparvarlik, intilish va mehnacevarlikni o'zida mujassam qilgan holda maydonga tushishi kerakligi aytildi. 

O'FA rahbariyati murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashdi. Tibbiy shtabga futbolchilarning sog'lig'i, tiklanishi va vitaminizaciyalash jarayoniga jiddiy e'tibor berish, yuqori darajada tibbiy yordam ko'rsatish amaliyotini davom ettirishga ko'rsatma berdi", - deb yoziladi O'FA bayonotida.

Eslatib o'tamiz, bu borada saytimizda 1 sentyabr kuni xabar bergandik.

Eshitdik-da! O'zbekiston U-17 terma jamoasi Turkiyada yig'in o'tkazadi va Marokash bilan o'ynaydi  


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати