

"Qizilqum" matbuot xizmati xabarga javoban raddiya e'lon qildi. Unda shunday deyiladi:
"Bugun Shampionat.asia saytida "Eshitdik-da" rukni ostida "Superligada navbatdagi iste'fo yuz beradi" sarlavhala xabar e'lon qilindi.
Unga ko'ra, "Qizilqum" jamoasida murabbiy o'zgarishi ertaga AGMK bilan bo'ladigan o'yin jamoa bosh murabbiyi Nikola Lazarevich uchun so'nggisi bo'lishi mumkinligi haqida aytilgan.
"Qizilqum" PFK rahbariyati shuni ma'lum qiladiki, bu boradagi xabarlar asosga ega emas.
Serbiyalik mutaxassis jamoa bilan yil yakuniga qadar kelishuvga ega va murabbiy shartnomasi yakuniga qadar jamoda faoliyatini davom ettiradi".



