"Qizilqum" sobiq ustozi endi "Istiqlol"ni boshqaradi

Aslanov Jasurbek
16 mar 2024
Nikola Lazerevich "Istiqlol" bosh murabbiyi sifatida tanishtirildi.

Tojikistonning "Istiqlol" klubi Nikola Lazerevichni jamoa bosh murabbiyi sifatida e'lon qildi. Lazerevich 2022 yilgi mavsumda "Qizilqum" ustozi bo'lib ishlagan. U navoiyliklar bilan Superligada 5-o'rinni qo'lga kiritgan edi.

"Istiqlol" hamda Lazerevich o'rtasidagi bitim bir yilga mo'ljallangan. Ushbu klub OFK Chempionlar ligasi yangi mavsumida ishtirok etadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia