Rasman. Gvardiol uzoq muddatga safdan chiqdi

Khoja
6 yanv 2026
"Manchester Siti" himoyachisi Yoshko Gvardiol katta boldir suyagi sinishi natijasida 3-6 oyga safdan chiqdi.

Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, himoyachi "Chelsi"ga qarshi bahsning ikkinchi bo'lim avvalida jarohat olgandi va uning o'rniga Abduqodir Husanov maydonga tushgan.

23 yoshli himoyachi joriy mavsum 23 ta bahsda maydonga tushdi. Uning hisobida 2 ta gol va 5 ta assist bor.


KhojaMuallif
Manba: championat.com