Rasman: Vladimir Kozak "Navbahor" safiga qo'shildi

Administrator
16 iyul 2022
Futbolchi faoliyatini "lochinlar" safida davom ettiradi.

"Yozgi transfer “oynasi”dan samarali tarzda foydalanib, o'z tarkibini kuchaytirishga harakat qilayotgan jamoamiz tarkibiga tajribali himoyachi Vladimir Kozak qo'shildi.  

Kozak 1993 yil, 12 iyunda Namangan viloyatining To'raqo'rg'on tumanida  tug'ilgan, yani, yaqinda 29 yoshga to'ldi.  

Vladimir Kozakning katta futboldagi asosiy faoliyati “Paxtakor” bilan bog'liq. Poytaxtliklar  tarkibida 2010 yili debyut qilgan futbolchi 2021 yilgi mavsum yakuniga qadar “sherlar” safida o'ynadi va “Paxtakor” safida  ko'plab sovrinlarni qo'lga kiritdi. 

Shuningdek, himoyachi o'tgan mavsumning 1-davrasida AGMK tarkibida to'p tepganligini ham takidlash joiz.

Biz  tajribali himoyachiga “Navbahor”dagi faoliyatida omad yor bo'lib, “lochinlar”ning g'alabalariga munosib hissasini qo'shishiga tilakdoshmiz", -deyiladi "Navbahor" klubi bayonotida.  

Eshitdik-da! "Navbahor" Kozakka qiziqmoqda


AdministratorMuallif
Manba: “Навбаҳор” ПФК матбуот хизмати