Rasman: Yaya Ture Ukraina jamoasida ish boshladi

Eldor Akmurzayev
10 fev 2021
“Barselona” va “Man Siti” sobiq a'zosi Yaya Ture Ukrainaga yetib keldi.

U Doneckning “Olimpik” jamoasi ustozi Igor Klimovskiyning murabbiylar shtabidan o'rin oladi. Ture bilan shartnoma esa 2021 yil yozigacha tuzilgan.

“Endi Turening hayotida yangi bosqich paydo bo'ldi. Ivuarlik murabbiylik faoliyatini boshlaydi. Uning starti “Olimpik”dan boshlanayotgani esa biz uchun sharafdir. Ture Klimovskiyning murabbiylar shtabiga kiradi va Igor Petrovichdan nafaqat o'rganadi, balki, o'zining fantastik tajribasi bilan ham o'rtoqlashadi”, deyiladi klub bayonotida.

Eslatib o'tamiz, 37 yoshli Ture 2003-2005 yillarda Doneckning "Metallurg" klubida to'p tepgan. Xavbek 2020 yilda futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi. Uning so'nggi klubi esa Xitoyning "Cindao Xaynyu" jamoasi bo'lgan edi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: olimpik.com.ua