“Roma” Jastin Klyuyvert bilan kelishuvga erishdi

Patrik Klyuyvertning o'g'li “Roma”ga o'tadi.

“Ayaks” hujumchisi Jastin Klyuyvert “Roma”ga o'tadigan bo'ldi. Rimliklar futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Unga ko'ra Jastin Rim jamoasi bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekadi va yiliga 1,4 mln evrolik maosh oladi. Hujumchining transferi “Roma”ga 20 mln evroga tushishi kutilmoqda.

Shuningdek, uni “Roma” boshqa jamoaga sotadigan bo'lsa, “Ayaks” ma'lum bonuslarga ham ega bo'ladi.


Manba: Football Italia