Saudiya Arabistonida Ronaldu sharafiga muzey ochildi

Nozimov Nig'monxo'ja
27 noya 2023
“Al Nascr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida uning sharafiga muzey ochilganini ma'lum qildi.

“Bu mening hikoyam. Madeyradan Saudiya Arabistonigacha. Mening shaxsiy CR7 muzeyim endi Ar-Riyodda ochildi”, deb yozib qoldirgan Ronaldu ijtimoiy tarmog'ida.

Ronaldu muxlislari uning shaxsiy esdalik buyumlari, masalan, liboslari, shaxsiy mukofotlari va poyabzallari to'plamini o'rganishlari mumkin. Muzeydan hujumchining ko'plab sovrin va medallari, jumladan beshta “Oltin to'p” mukofotlari nusxalari ham joy olgan. Shuningdek, Muzeyda Ronalduning mum haykali ham bor.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com