Tolisso sobiq jamoasiga qaytishi mumkin

Mirjalol Normatov
3 fev 2022
"Bavariya" murabbiylar shtabi yarim himoyachi Korenten Tolissoni rejalariga kiritmayapti.

"L’Equipe" xabariga ko'ra, 27 yoshli xavbek ushbu mavsum yakunlanganidan keyin erkin agent sifatida jamoani tark etishga ahd qilgan. Tolisso faoliyatini vatanida davom ettirmoqchi. Uning xizmatlariga "Lion" tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

Korenten "Lion" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2013-2017 yillar davomida ushbu jamoa tarkibida o'ynagan va 41 million evro evaziga "Bavariya"ga o'tgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Equipe