Xurshid G'iyosov: "Neftchi"ga moslashish o'ylaganimdan ham osonroq kechdi"

Iskandarov Abdulaziz
23 yanv 2026
"Neftchi" jamoasi hozirda Antaliyada o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Jamoaga qishki transferlar davrida kelib qo'shilgan Xurshid G'iyosov yig'in haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

"Mashg'ulotlar har kuni ikki mahaldan o'tmoqda. Oson, deya olmaymiz, chunki bu yig'in. Murabbiy istagan narsani bajarib berishga harakat qilyapmiz, albatta, bunga vaqt ham kerak. Chempionatga tayyor holda boramiz, deb o'ylayman.

Jamoaga moslashish jarayoni men o'ylagandan ham osonroq kechdi. Ichki muhit ajoyib. "Neftchi"da hamma o'zimga tanish, qiyinchilik bo'lgani yo'q.

"Neftchi" - chempion jamoa. Yangi mavsumda bizga oson bo'lmaydi. Raqiblar bizga qarshi boshqacha tayyorgarlik ko'rishadi. Shunga yarasha biz ham hozirlik ko'rib, chempionlikni qo'lga kiritishga harakat qilamiz.

To'g'ri, nazorat o'yinlari bor, mashg'ulotlar ikki mahaldan o'tmoqda. Mashg'ulotlarda qiyin, lekin chempionatda oson bo'ladi", - deydi Xurshid G'iyosov.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: "Нефтчи" матбуот хизмати