"Chelsi" "Astana"ga qarshi o'yinda akademiya tarbiyalanuvchilariga tayanadi

Sherzod Nurmatov
10 dec 2024
Olmaotada -17 daraja sovuqda bo'lib o'tadigan "Astana" va "Chelsi" o'rtasidagi bo'lajak Konferenciyalar Ligasi o'yinida London klubi yoshlar tarkibini maydonga tushirishni rejalashtirmoqda.

"Akademiya futbolchilaridan qaysi biri jamoa bilan Olmaotaga borishi va asosiy tarkibda maydonga tushishi hozircha nomalum. Biroq klubning yangilangan tarkibiga 11 nafar futbolchi kiritilgan: Xarrison Myurrey-Kempbell, Kayden Uilson, Tayrik Jorj, Kiano Dayer, Xarrison Makmaxon, Samuel Rak-Saki, Ato Ampax, Maks Merrik, Josh Achempong, Shumayra Mxeuka va Richard Olise. Turnir boshida faqat Achempong, Dayer, Djordj, Makmaxon va Merrik ro'yxatga kiritilgan edi, ammo musobaqa davom etar ekan, klub "B" ro'yxatiga cheksiz o'yinchilarni qo'shishga ruxsat beruvchi qoidadan foydalandi. "Chelsi" ananaviy ravishda yosh istedodlarni tarbiyalash bo'yicha Angliyadagi eng yaxshi akademiyalardan biri hisoblangan "Kobxem" akademiyasidagi shogirdlariga ishonadi. Shu bilan birga, uchrashuvda ishtirok etish U-21 futbolchilarining taqvimini buzmaydi, chunki ularning navbatdagi o'yini dushanba kuni bo'lib o'tadi", – deb yozmoqda Britaniya OAV.

Eslatib o'tamiz, "Astana" – "Chelsi" uchrashuvi Olmaotadagi "Ortalik" stadionida bo'lib o'tadi. Bellashuv 12 dekabr kuni 20:30 da boshlanadi. O'yin kuni havo harorati -17 daraja atrofida bo'lishi kutilmoqda.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: Sports Illustrated

Izohlar

Fayzulloh
10 dec 2024
Ким нима деса десину челси хозирда енг юкори формага эга кам сонли клублардан бири экан
Azizjon Turgunov
10 dec 2024
to'g'ri qaror. Astanaga mobodo yutqizsayam deyarli xich narsa bo'midi . sovuq xavoda yoq joydan jaroxat olishadi maydon muzlaganda
UmiD Aliev
10 dec 2024
Qozoq birodarlarimiz Osiyo qit'asiga qaytila!
vueLtax7
10 dec 2024
Nimaga OlmaOtada bulayabdi ekan sal kam qirgiziston chegarasida joylashgan lekin shundayam -17 sovuq bularkan
{ CHELSEA }
10 dec 2024
Chelseadan yirik gʻalaba kutamiz...