"Everton" va "Lion"ga "Yuventus" futbolchisi kerak

Mirjalol Normatov
6 yanv 2020
"Everton" va "Lion" tomonidan "Yuventus" futbolchisi Adrien Raboga qiziqishlar bo'lmoqda.

"Telefoot" xabariga ko'ra, klublar Adrien Raboni qaytarib berish huquqi bilan ijaraga olishni rejalashtirishmoqda. Futbolchining o'zi ham Evro-2020ga qadar o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istamoqda.

Ayni damda "Everton" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti fransiyalikning jamoaga o'tishini juda ham istamoqda. U PSJda Rabo bilan birga ishlagan.

Rabo ushbu mavsumda "Yuve" tarkibida A Seriyaning atigi 9 o'yinida qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Telefoot