“Lion” – “Bavariya” o'rtasidagi yarim final bahsi YCHL tarixidan joy oladi

Eldor Akmurzayev
19 avg 2020
Bu haqda Opta statistik portal xabar beradi.

Manbaga ko'ra, bugun bo'lib o'tadigan “Lion” va “Bavariya” o'rtasidagi 1/2 uchrashuvi musobaqa tarixidan o'rin egallaydi. Chempionlar Ligasi tarixida ilk marta mavsum davomida murabbiylarini o'zgartirgan ikki jamoa yarim finalda bir-biriga qarshi o'zaro to'qnash keladi.

“Lion”da Rudi Garsiya Silvinoning o'rnini egallagan bo'lsa, “Bavariya”da Niko Kovach o'rniga jamoa murabbiyi etib Xans-Diter Flik tayinlangandi.

Eslatib o'tamiz, “Joze Alvalade” o'yingohidagi bahs 00:00 da boshlanadi va u saytimiz orqali matnli translyatsiya qilinadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Opta Sports