

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichining uchinchi raundiga chiqa olmagani bois, vakillarimiz endi Osiyo Kubogi yo'llanmasi uchun saralash o'yinlarida ishtirok etishadi.
Qur'aga ko'ra Srechko Katanets boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Tailand, Maldiv orollari va Shri Lanka bilan "C" guruhidan joy oldi. Bizning guruh o'yinlari 8-14 iyun kunlari Namangan shahrida bo'lib o'tadi.
Osiyo Kubogiga har bir guruh g'oliblari va 5ta eng yaxshi ikkinchi o'rin sohiblari yo'llanma olishadi.
Qur'a natijalari:
"A" guruhi: Iordaniya, Kuvayt, Indoneziya, Nepal.
"B" guruhi: Falastin, Filippin, Yaman, Mo'g'uliston.
"C" guruhi: O'zbekiston, Tailand, Maldiv orollari, Shri Lanka.
"D" guruhi: Hindiston, Gonkong, Afg'oniston, Kambodja.
"E" guruhi: Bahrayn, Turkmaniston, Malayziya, Bangladesh.
"F" guruhi: Qirg'iziston, Tojikiston, Myanma, Singapur.




