Yumtitining jarohati borasida ma'lumot paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
28 sen 2018
"Barselona" himoyachisi Samyuel Yumtitining tizzasidagi jarohati jiddiy bo'lib chiqdi.

Football Espana xabariga ko'ra, futbolchi oldindagi bir necha oyni o'tkazib yuboradi. Uning tizzasini bog'lab turuvchi qismida muammolar katta. Shu orqali u yanvar oyining boshlariga maydonga qaytishi aytilmoqda.

"Atletiko"ga qarshi o'yindan oldin "Barselona"da Xerard Pike, Kleman Langle va Tomas Vermalen kabi markaziy himoyachilar bor.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Football Espana